Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Maykl Jeksonning mashhur poyabzallari kimoshdi savdosiga qo‘yiladi

Maykl Jeksonning mashhur poyabzallari kimoshdi savdosiga qo‘yiladi

Foto:«News.tut.by»

Maykl Jekson 1983-yilda maxsus «Motown 25» telekanalida «Billie Jean» qo‘shig‘ini ijro etish uchun repetitsiya jarayonida «Florsheim» markali poabzal kiyib yurgan. «GWS» auksioni tashkilotchilari ma’lumotlariga ko‘ra, ilk marta pop qiroli sahnada mashhur «backward-sliding» raqsini ijro etayotganda ushbu oyoqkiyimni kiyib chiqqan.

«GWS» auksioni sohibi Bridjit Krusning so‘zlariga ko‘ra, kimoshdi savdosida 10 ming dollarlik poyabzal namoyish etiladi.

Poyabzallar xoreograf va raqqosa Lester Uilsonga tegishli edi. Uning aytishicha, Jekson aktyorlari bilan mashg‘ulot o‘tkazganidan keyin kiyinish xonasida poyabzalini unga bergan.

Auksion tashkilotchilari Jeksonning maktubiga asoslangan holda u poyabzallarni maxsus ijrosi paytida kiygan bo‘lishi mumkin deb ta’kidlamoqda. Chunki Jekson maktubida bu oyoqkiyimlarni o‘zining sehrli poyabzallari deb atagan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring