Android qurilmalar uçun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab oliş ×
IOS qurilmalar uçun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab oliş ×

Mehr-şafqat va özgargan taqdirlar

Mehr-şafqat va özgargan taqdirlar

Foto: Depositphotos

1860-yillarning tumanli tunlaridan birida köçada yurgan bolakay xuddi arvohga öxşardi: qovurğalari sanalib turar, közlari esa hayotdan umidini uzgandek böm-böş. U sovuq toşlar ustida tunni ötkazar, bu dunyoda uning boşqa boşpanasi yöq edi.

Öşa paytda hali Irlandiyadan kelgan tibbiyot talabasi bölgan Tomas Barnardo kasallik, oçlik va ölim nimaligini juda yaxşi bilardi. Ammo bu tor va zim-ziyo köçada körgan manzara uni butunlay esankiratib qöydi. Oçlikdan holdan toygan, taqdir hukmiga taşlab qöyilgan bu bolakay unga minglab maʼruzalarda eşitganlaridan ham kuçliroq saboq berdi. Öşa yagona uçraşuv uning qalbiga şunday dard soldiki, uni heç bir şifokor davolay olmasdi.

Şundan söng u harakatga kirişdi. Avvaliga bir bolaga qöl uzatdi, keyin yana biriga, söngra önlab, yuzlab bolalarga... Barnardo kiçik bir boşpana oçdi. U yerda hatto çiroqlarni yoqişga ham zörğa puli yetardi. Ammo ostonasidan bolalar kelar ekan, u birortasini ham ortiga qaytarmadi.

Yirtiq kiyimlar, titilib ketgan poyabzallar... Baʼzilari hatto öz familiyasini ham bilmasdi. Ammo Barnardo uçun bularning heç biri ahamiyatga ega emasdi. U bolalarni ovqatlantirdi, taʼlim berdi, boşpana bilan taʼminladi. Eng muhimi, hayot şafqatsizlik bilan tortib olgan bolalikni ularga qaytarişga urindi.

Bir boşpana bolalarga tölib ketgaç, yana birini qurdi. Keyin yana boşqasini... Uning butun London böylab qad rostlagan mehr-şafqat maskanlari hayot böronida sarson qolgan bolalar uçun qutqaruv qayiqlariga aylandi. Uning oddiy maktablari esa unutilgan bolalar qöliga oçlik va qaşşoqlikka qarşi eng kuçli qurol – taʼlimni tutqazdi.

1905-yilda Tomas Barnardo hayotdan köz yumdi. Ammo u ortida oddiy xayriya işlaridan ança yuksak meros qoldirdi: bir insonning mehr-şafqati minglab taqdirlarni özgartirişi, hatto butun bir ezgulik olamini barpo etişi mumkinligini amalda isbotladi.

Baʼzan bir bolaga uzatilgan qöl minglab bolalarning hayotini özgartiradi. Barnardo birgina bolaning yonidan beparvo ötib ketmagani uçun minglab bolalar voyaga yetdi, hayotda öz örnini topdi, oila qurdi va kelajakka işonç bilan qadam qöydi.

Zero, baʼzan bir insonning mehri boşqa bir inson uçun butun boşli yangi hayotning boşlanişi böladi.

Va bu hikoya har birimizni uning butun hayotiga mazmun bağişlagan öşa savol qarşisida qoldiradi: Agar siz qoronği köçada sovuqdan qaltirab, oçlikdan holdan toygan, yordamga muhtoj bir bolani körib qolsangiz, uning yonidan şunçaki ötib ketarmidingiz? Yoki qöl uzatib, uning butun hayotini özgartirişi mumkin bölgan insonga aylanarmidingiz?

U.Yöldoşev

Izohlar 0

Izoh qoldiriş uçun saytda röyxatdan öting

Kiriş

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring