Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Messi va Buskets «Sevilya»ga qarshi o‘ynamaydi. Boateng — qaydnomada

Messi va Buskets «Sevilya»ga qarshi o‘ynamaydi. Boateng — qaydnomada

Foto: «Sport-Ekspress»

Kataloniyaning «Barselona» klubi yetakchisi Lionel Messi Ispaniya kubogi 1/4 finali doirasida «Sevilya»ga qarshi dastlabki o‘yinni o‘tkazib yuboradi.

31 yoshli argentinalik futbolchidan tashqari Buskets ham murabbiylar shtabi qaroriga ko‘ra qaydnomaga kiritilmagan. Shuningdek, Usmon Dembele, Rafinya va Samyuel Umtiti jarohati sabab, himoyachi Jeyson Murilo esa sariq kartochkalari yig‘ilib qolgani uchun bu bahsda qatnasha olmaydi.

«Barselona» kecha o‘z safiga qo‘shib olgan Kevin-Prins Boateng esa bugunoq yangi jamoasi tarkibida maydonga tushishi mumkin.

Qaydnomaga esa quyidagi futbolchi kiritilgan: Mark-Andre ter Shtegen, Yasper Sillessen, Nelson Semedu, Jerard Pike, Ivan Rakitich, Denis Suares, Filippe Koutino, Artur, Luis Suares, Malkom, Kleman Langle, Jordi Alba, Kevin-Prins Boateng, Serji Roberto, Karles Alenya, Arturo Vidal, Tomas Vermalen, Rikard Puch va Oriol Buskets.

«Sevilya» — «Barselona» uchrashuvi bugun tunda, Toshkent vaqti bilan 01:30da boshlanadi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring