Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Messi yangi jamoasida qancha pul olishi ma’lum bo‘ldi

Messi yangi jamoasida qancha pul olishi ma’lum bo‘ldi

Lionel Messining AQSh chempionatida ishtirok etuvchi «Inter Mayami» klubida qancha maosh olishi ma’lum bo‘ldi.

Football Daily nashrining ma’lum qilishicha, Leoning Amerikadagi yillik maoshi 43 million funt atrofida bo‘ladi. 1 iyul kuni tomonlar rasmiy shartnoma imzolaydi. Shundan so‘ng Lionel Messi AQSh chempionatining eng ko‘p maosh oladigan futbolchisiga aylanadi.

«Inter Mayami» to‘laydigan maosh Messi PSJdan olgan mablag‘dan ham ko‘p. Parijliklar argentinalik yulduzga 38 million yevro to‘lagan edi.

Messiga Saudiya Arabistonining «Al-Hilol» klubi fantastik summa (yiliga 500 million) taklif qilgandi, biroq u Amerika variantini tanladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring