Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Mezbonning uxlab qolganidan foydalangan mehmon 2 millionlik mol-mulkni o‘g‘irlab ketdi

Mezbonning uxlab qolganidan foydalangan mehmon 2 millionlik mol-mulkni o‘g‘irlab ketdi

Foto: «Google.com»

2018-yilning 23-yanvar kuni soat taxminan 17:00larda D.F.V Toshkent shahar Mirzo Ulug‘bek tumanida yashovchi fuqaro K.V.Aning xonadoniga mehmon bo‘lib keladi.

Mehmon mezbonning uxlab qolganligini ko‘rib, uydagi jami 2.100.000 so‘mlik mol-mulkni o‘g‘irlab, voqea joyidan yashiringan.

Mazkur holat yuzasidan, Mirzo Ulug‘bek tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi JKning 169-moddasi 1-qismi (o‘g‘irlik, ya’ni o‘zganing mol-mulkini yashirin ravishda talon-toroj qilish) alomatlari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Hozirda dastlabki tergov harakatlari davom ettirilib, uning boshqa jinoyatlarga aloqadorligi tekshirilmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring