Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

MIB tomonidan zamonaviy dala-hovli va xonadonlar sotuvga qo‘yildi

MIB tomonidan zamonaviy dala-hovli va xonadonlar sotuvga qo‘yildi

Foto: «Xabar.uz»

Majburiy ijro byurosining «Elektron onlayn autsionlarni tashkil etish markazi» Toshkent viloyati Parkent tumanidagi dala-hovli hamda Toshkent shahri Mirobod tumanidagi xonadonni sotuvga qo‘ydi.

Dala-hovlining umumiy maydoni 0.26 gektarni tashkil etadi. Uy zamonaviy tarzda qurilgan, 22 xonadan iborat. Shuningdek, dala-hovlida sauna, yozgi basseyn, yozgi ayvonlar, ichki va tashqi isitish tizimlari, uy kinoteatri, ofis, mavjud.

To‘liq zamonaviy uslubda jihozlangan, xususan, hovli va xonalari ichida jami 496 turdagi mehmonxona va yotoqxona hamda oshxona mebel to‘plamlari, uy kinoteatri, massaj kreslosi, jakuzilar, teleskop, gaz va elektr plitalari, muzlatgichlar, konditsionerlar, televizorlar, ovoz chiqarish moslamalari, turli xildagi sport anjomlari, sifatli gilamlar, Yevropada ishlab chiqarilgan sifatli idish-tovoqlar, har xil o‘lchamdagi fujerlar, stakanlar, suvenirlar, «Swaroviski» toshlaridan yasalgan shaxmat, Shveysariya davlatida ishlab chiqarilgan soat hamda boshqa qimmatbaho ashyolar mavjud. Dala-hovli auksion savdosiga to‘liq holatda qo‘yildi.

Toshkent shahri Mirobod tumanida joylashgan xonadon eng zamonaviy mebel jihozlari va maishiy texnika vositalari bilan jihozlangan. Quyidagi infografikadan bu haqda batafsil ma’lumot olish mumkin:

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring