Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Mingdan oshiq patronni yashirgan shaxs qamoqqa olindi

Mingdan oshiq patronni yashirgan shaxs qamoqqa olindi

Foto: Xavfsizlik.

Noqonuniy saqlanayotgan 1100 dona patronlar olindi.

Davlat xavfsizlik xizmatining Navoiy viloyati bo‘yicha boshqarmasi va Ichki ishlar organlari xodimlari hamkorligida o‘qotar qurollarning noqonuniy aylanmasiga qarshi kurashish yo‘nalishida Konimex tumanida tezkor tadbir o‘tkazilgan.

Unda Buxoro viloyatining G‘ijduvon tumanida yashovchi, 1989 y.t. shaxsga tegishli «Oniks» rusumli avtotransport vositasi ko‘zdan kechirildi.

Natijada, avtomashina yukxonasida 500 dona 5,6 mm kalibrli otish uchun yaroqli bo‘lgan patronlar borligi aniqlanib, tegishli tartibda rasmiylashtirib olindi.

Shuningdek, tezkor tadbir davom ettirilib, uning yashash xonadonidan ham noqonuniy saqlanayotgan 600 dona 5,6 mm kalibrli patronlar ashyoviy dalil sifatida olindi.

Hozirda mazkur shaxsga nisbatan Jinoyat Kodeksining 248-moddasi (O‘qotar qurolning, o‘q-dorilarning, o‘qotar qurol asosiy qismlarining, portlovchi moddalarning, portlatish vositalarining yoki portlatish qurilmalarining qonunga xilof muomalasi) 3-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, «qamoq» ehtiyot chorasi qo‘llanildi. Tergov harakatlari olib borilmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring