Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Mirziyoyev va Lukashenko yangi qo‘shma korxonani ochishdi

Mirziyoyev va Lukashenko yangi qo‘shma korxonani ochishdi

Foto: «President.uz»

Prezident Shavkat Mirziyoyev va Prezident Aleksandr Lukashenko Toshkent qishloq xo‘jaligi texnikasi zavodi hududida tashkil etilgan «Amkodor-Agrotexmash» qo‘shma korxonasini ochdi.

Umumiy qiymati 33 million dollar bo‘lgan mazkur loyiha 2018-2021-yillarga mo‘ljallangan. Bugun rasman ishga tushgan birinchi bosqichda qurilish va qishloq xo‘jaligida foydalaniladigan 12 turdagi ekskavatorlar ishlab chiqariladi. Mahalliylashtirish darajasi 2019-yilda 22 foizga, 2021-yilda kamida 50 foizga yetkaziladi.

Davlatimiz rahbari mahsulot turlarini ko‘paytirish va mahalliylashtirish darajasini oshirish zarurligini ta’kidladi. O‘zbekiston qishloq xo‘jaligi texnikalarini mintaqamizdagi mamlakatlarga yetkazib berish uchun qulayligini qayd etdi.

Shu yerda qo‘shma korxonada ishlab chiqarilgan dastlabki ekskavatorlar namoyish etildi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring