Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

MMA jangchisi Murod Xonto‘rayev yana pichoqlab ketildi

MMA jangchisi Murod Xonto‘rayev yana pichoqlab ketildi

Foto: «Kun.uz»

26 noyabr kuni Toshkent shahridagi «Toshkent» savdo markazi (sobiq Turkuaz) hududida yakkakurash sport turining aralash turi bo‘yicha jahon chempioni Murod Xonto‘rayev pichoqlab ketilgan. Bu haqda «Kun.uz» xabar bermoqda

Ayni vaqtda sportchi Toshkent shahar 1-sonli klinik shifoxonasiga joylashtirilgan.

Huquq-tartibot organlaridagi manbaning tasdiqlashicha, ayni vaqtda bu holat bo‘yicha ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan jinoyat ishi ochilgan, tergov harakatlari olib borilishi ustidan prokuratura nazorati o‘rnatilgan.

Eslatib o‘tamiz, Murod Xonto‘rayev shu yilning 21 iyuniga o‘tar kechasi Yunusobod tumani hududidagi tungi klubda ro‘y bergan mojaro ishtirokchisi bo‘lgan, u ko‘krak qismiga pichoq bilan berilgan zarbadan jarohat olgandi. U keyinroq shifoxonadan militsiyaga so‘roq berish uchun olib ketilgan, sud hukmi bilan qamoqqa olingandi

Sud uni JK 277-moddasi 3-qismi «a» bandi (takroran yoki xavfli retsidivist tomonidan bezorilik sodir etilishi) bo‘yicha aybdor deb topdi («Osiyo ayig‘i» laqabi bilan mashhur Murod Xonto‘rayev ilgari ham sudlangan).

Avvaliga unga 3 yillik qamoq jazosi xavf solayotgandi. 12 oktyabr kuni Jinoyat ishlari bo‘yicha Yakkasaroy tumani sudida Murod Xonto‘rayevga jarima tarzidagi jazoni qo‘lladi. Sportchi EKIHning (172 240 so‘m hisobida) 94 baravari miqdorida jarima (16 190 560 so‘m) to‘lab, ozodlikka chiqdi. 

Ma’lumot uchun, Xonto‘rayev 1987 yilda Toshkent shahrida tug‘ilgan. Ayni paytda u Toshkent shahridagi G. V. Plexanov nomidagi Rossiya iqtisodiyot universiteti filialining 3-kurs talabasi hisoblanadi. Oilali va ikki nafar farzandi ham bor.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring