Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Moskvada tergovchining boshiga kalkulyator bilan urgan yigitga jinoyat ishi ochildi

Moskvada tergovchining boshiga kalkulyator bilan urgan yigitga jinoyat ishi ochildi

Foto: «Sputnik»

Moskvaning Tushin sudi ikki yigitning Rossiya Tergov qo‘mitasi tergovchisiga qilgan zo‘ravonligi borasidagi ishni ko‘rib chiqadi. Bu haqda «AiF» xabar berdi.

Hodisa o‘tgan yilning oktyabr oyida bo‘lib o‘tgan edi. Tergovchi savdo paviloniga yigitlardan birini jinoyat ishi yuzasidan guvoh sifatida so‘roq qilish uchun keladi. Mazkur rasta yonida sotuvchining tanishi ularni kuzatib turib, savol-javoblardan junbushga kelib, tergovchining boshiga kalkulyatori bilan soladi.

Shundan so‘ng, u tergovchiga musht tushiradi, sotuvchi esa uning yelkasidan tutib, boshiga urib, uni savdo rastasidan chiqarib yubormoqchi bo‘ladi.

Yigitlar davlat organi xodimiga qilgan zo‘ravonligini tan oldi hamda ularning ishlarini belgilangan tartibda ko‘rib chiqishlarini so‘radi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring