Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

NATO Chernogoriyaning havo hududini qo‘riqlaydi

NATO Chernogoriyaning havo hududini qo‘riqlaydi

NATO o‘tgan yili a’zolikka qabul qilingan Chernogoriyaning havo hududini qo‘riqlashini ma’lum qildi. Bu haqda «Anado‘lu» axborot agentligi xabar bermoqda.

Bryusseldagi NATO qarorgohidan ma’lum qilinishicha, NATOga a’zo ikki davlat – Italiya va Gretsiya harbiy havo kuchlari shu yil 5 iyundan e’tiboran Chernogoriyaning havo hududini qo‘riqlay boshlaydi.

Bunga Chernogoriyaning iltimosi sabab bo‘lgan. Chernogoriyaning harbiy samolyotlari bo‘lmagani tufayli uning havo hududi xavfsizligi NATO tomonidan ta’minlanadi.

Ayni paytda Ispaniya, Portugaliya va Fransiya Boltiqbo‘yi davlatlari – Latviya, Litva va Estoniyaning havo hududi xavfsizligini ta’minlab kelmoqda. Italiya samolyotlari Sloveniyaga ko‘mak bersa, Angliya samolyotlari Ruminiya osmonida parvoz qilmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring