Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Navoiy viloyati hokimi yosh olimlarning innovatsiyalari uchun yana 150 mln so‘m ajratdi

Navoiy viloyati hokimi yosh olimlarning innovatsiyalari uchun yana 150 mln so‘m ajratdi

Foto: «Xabar.uz»

Xabaringiz bor, Navoiy viloyati hokimi Qobul Tursunov shu yilning fevral oyida hududdagi yosh olimlarning innovatsion g‘oyalarini qo‘llab-quvvatlash uchun 70 mln so‘m mablag‘ ajratgan edi.

23-may kuni  O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Navoiy viloyat kengashi tashabbusi bilan «Hokim va yoshlar» uchrashuvi tashkil etildi. Yosh olimlar kengashining ochilishi munosabati bilan hokim yosh olimlarning innovatsiyalari uchun yana 150 mln so‘mlik chek taqdim qildi.

Yoshlar bu g‘amxo‘rlikni kelgusidagi ixtirolari uchun avans sifatida qabul qildi.

Uchrashuv ochiq muloqot tarzida tashkil etilib, bir qancha muammolar, takliflar o‘rtaga tashlandi. Jumladan, Navoiy shahrida yashovchi yosh tadbirkor Firdavs Ibrohimovga faoliyatini kengaytirish maqsadida yer ajratiladigan bo‘ldi.

Bundan tashqari, bir yillik harbiy xizmatni o‘tab qaytgan uchquduqlik Mirshod Bozorov mahalla posboni vazifasiga qabul qilindi.

Yigirmaga yaqin yoshlarning muammolari joyida hal etilib, tegishli korxona va tashkilotlarga ko‘rsatma berildi.

Qolaversa, yoshlar tadbirkorlik, kredit olish, bandlik, yer ajratish, kasanachilik bo‘yicha o‘zlarini qiziqtirgan barcha savollarga javob olishdi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring