Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Tramp va Kim Chen In uchrashuvi necha pulga tushyapti?

Tramp va Kim Chen In uchrashuvi necha pulga tushyapti?

Foto: «xakac.info»

Singapur bosh vaziri Li Syanlun AQSh prezidenti Donald Tramp va Shimoliy Koreya yetakchisi Kim Chen Inning shu yil 12-iyundagi uchrashuviga 20 million dollar sarflanishini ma’lum qildi. Bu haqda «Sabah» xabar bermoqda.

Xabarlarga ko‘ra, Singapur bosh vaziri Li Syanlun uchrashuvga Singapur budjetidan 20 million AQSh dollari sarflanishini ma’lum qildi.

«Tinchlik uchun tashkil etiladigan uchrashuvga 20 million AQSh dollari miqdorida mablag‘ sarflashga tayyormiz. Uchrashuv mintaqada tinchlik va barqarorlikni ta’minlashga hissa qo‘shishiga ishonamiz», — degan Li Syanlun.

«Uchrashuv Singapurning xalqaro miqyosdagi obro‘siga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi», — degan Singapur bosh vaziri.

Yadroviy qurollardan voz kechish hamda xavfsizlik mavzulari kun tartibidan o‘rin olgan uchrashuv 1950-1953-yillarda Koreya urushidan keyin davom etib kelayotgan tinchlik sulhining barqarorligini ta’minlashda muhim qadam bo‘ladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring