Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Nirmala Desikan: «O‘zbekiston dunyoga tobora ochilib bormoqda»

Nirmala Desikan: «O‘zbekiston dunyoga tobora ochilib bormoqda»

Nirmala Desikan — Hindiston iste’molchilar assotsiatsiyasi rahbari.

Foto: «Consumer.tn.gov.in»

O‘zbekiston iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi raisi Jahongir Sarimsoqov bugun, 2018-yil 26-fevral kuni Hindiston iste’molchilar assotsiatsiyasi rahbari Nirmala Desikan xonim bilan telefon orqali muloqot qildi.

Muloqot chog‘ida tomonlar federatsiya bilan assotsiatsiya o‘rtasida o‘zaro hamkorlik to‘g‘risida imzolangan memorandumda belgilab berilgan vazifalarni hayotga tatbiq qilish yuzasidan fikr almashdi.

Desikan xonim so‘nggi yillarda O‘zbekistonda Prezident Shavkat Mirziyoyev rahbarligida O‘zbekiston tashqi dunyoga tobora ochilib borayotganidan xabardor ekanini aytdi va federatsiyada iste’molchilar huquqlarini himoya qilish borasida amalga oshirilayotgan ishlar bilan qiziqdi.

Jahongir Sarimsoqov Nirmala xonimga federatsiya 2017—2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasidagi ustuvor vazifalardan biri bo‘lgan jamoatchilik nazoratini amalga oshirishda faol ishtirok etayotganini, bugungi kunda iste’molchilar huquqlarini himoya qilish barobarida ularning iste’mol madaniyatini ham oshirishga jiddiy e’tibor qaratilayotganini, shuningdek, mamlakatda turizmni rivojlantirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar va bu yo‘nalishda har ikkala tashkilot o‘rtasida o‘zaro hamkorlikda qilinishi mumkin bo‘lgan masalalarning ayrim jihatlari haqida fikr bildirdi.

 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring