Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Nogironlik nafaqasini «narxlagan» shifokorga sud hukmi o‘qildi

Nogironlik nafaqasini «narxlagan» shifokorga sud hukmi o‘qildi

foto:https://karel.aif.ru/

— Yordamga muhtojman. Sog‘ligimni tiklash uchun yetarlicha mablag‘im yo‘q. Nogironlik nafaqasini olishimga ko‘maklashsangiz...

— Tibbiy-ijtimoiy ekspertiza komissiyasida yaxshigina tanishlarim bor. Ammo, ularning bari mansabdor. Bilasiz, mansabdorlar «katta og‘iz» bo‘lishadi...

Buxoro viloyati, Qorako‘l tuman ko‘p tarmoqli markaziy poliklinikasida uzoq yillardan buyon oila shifokori vazifasida ishlab kelayotgan H.J. qabuliga og‘ir ahvolda kelgan bemordan pul undirish maqsadida qasddan jinoyat sodir etgan. Jinoyat ishlari bo‘yicha Qorako‘l tuman sudi raisi Boborahim Ochilovning «Xabar.uz»ga bildirishicha, H.J.ning xatti-harakatlariga sud tomonidan huquqiy baho berilgan.

34 yoshli, oliy ma’lumotli, oilali, uch nafar farzandning onasi bo‘lgan shifokor bemor T.H.ning og‘ir ahvolda ekanini bila turib, uning ishonchi va umididan shaxsiy manfaat yo‘lida foydalangan. Natijada bemor bir necha oy davomida ushbu idora ostonasida sarson-ovora bo‘lib yurishiga sabab bo‘lgan. Bemorga «poliartrit» kasalligi bo‘yicha nogironlik nafaqasini tanishlari orqali hal qilib berishni va’da qilgan. U o‘z va’dasining bahosini avvaliga 100 AQSh dollari biln o‘lchagan va keyinchalik uni 250 AQSh dollariga «oshirgan».

Shifokor o‘z xizmat mavqeidan foydalanib, T.H.ga tibbiy-ijtimoiy ekspertiza komissiyasida vakolatli tanishlari borligini aytgan. Go‘yoki, pul, aynan, o‘sha mansabdorlarga uzatilishini ta’kidlab, bemorni ishontirgan. Bemor esa kasalligi, og‘ir moddiy ahvoli va tibbiyot tizimidagi