Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Osiyo chempionlarini kutib olishga qanday tayyorgarlik ko‘rilmoqda (fotoreportaj)

«O‘zbekiston» mehmonxonasi. 23 yoshgacha bo‘lgan futbolchilar o‘rtasidagi Osiyo chempionati g‘oliblarini kutib olish va taqdirlash marosimiga tayyorgarlik jarayoni. 2018 yil 28 yanvar.

Foto: «Xabar.uz»

Avval xabar berganimizdek, Xitoyda o‘tkazilgan Osiyo chempionatida g‘olib bo‘lgan O‘zbekiston U-23 terma jamoasi bugun Toshkent vaqti bilan 23:50da poytaxtimizga yetib kelishadi. «Xabar.uz» manbasining ma’lum qilishicha, chempion futbolchilarimiz joylashgan avtobus bugun soat 00.00da Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportidan (terminal-3, mahalliy) yo‘lga chiqadi va poytaxtimizning Bobur, Nukus, Afrosiyob, Sh.Rashidov, Navoiy, A.Temur ko‘chalari bo‘ylab «O‘zbekiston» mehmonxonasiga qadar harakatlanadi. 

Soat 00.30da futbolchilarni «O‘zbekiston» mehmonxonasi oldida tantanali kutib olish marosimi bo‘lib o‘tadi. Tantanali tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Abdulla Aripov, davlat va nodavlat tashkilotlari vakillari, el ardog‘idagi san’atkorlar,  OAV vositalari, futbolchilarning yaqinlari, Yoshlar ittifoqi faollari ishtirok etishadi. Jarayon «O‘zbekiston24» telekanali orqali jonli efirda namoyish etiladi.

Ayni paytda «O‘zbekiston» mehmonxonasining yonida Osiyo chempionlarini munosib ravishda kutib olishga qizg‘in tayyorgarlik ko‘rilmoqda. Izg‘irin sovuqqa qaramasdan yuzlab kishilar ushbu jarayonga tayyorgarlik ko‘rishmoqda. Bu yerga allaqachon chempionlarni qutlash uchun terma jamoa fan klubi a’zolari ham yetib kelishgan.

Eslatib o‘tamiz, Xitoyda bo‘lib o‘tgan 23 yoshgacha bo‘lgan futbolchilar o‘rtasidagi Osiyo chempionatining finalida O‘zbekiston olimpiyachilari vetnamlik tengdoshlari ustidan g‘alaba qozonib, o‘z tarixida ilk marta Osiyo chempionligiga sazovor bo‘lgan edi. Futbolchilarimizni ushbu g‘alabi bilan O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev, O‘zbekiston milliy olimpiya qo‘mitasi prezidenti Umid Ahmadjonovqutlagan va Osiyo chempionati g‘oliblariga tabrik yo‘llashgan edi.

Shuningdek, Osiyo Futbol Konefederatsiyasi Prezidenti Shayx Salmon bin Ibrohim al-Xalifa O‘zbekiston Olimpiya terma jamoasi U-23 Osiyo chempionatida g‘alaba qozonib, chempionlikka erishgani munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevni tabriklagan edi.

Prezident Shavkat Mirziyoyevning topshirig‘i bilan bugunning o‘zida «O‘zbekiston» mehmonxonasida  futbolchilarni taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tadi. Osiyo chempionlari bittadan Chevrolet Malibu avtomobillari bilan taqdirlanadi.

«O‘zbekiston» mehmonxonasi. 23 yoshgacha bo‘lgan futbolchilar o‘rtasidagi Osiyo chempionati g‘oliblarini kutib olish va taqdirlash marosimiga tayyorgarlik jarayoni. 2018 yil 28 yanvar. Foto: «Xabar.uz»

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring