Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Osiyo o‘yinlari. Doston Yoqubov kumush medal sohibi!

Osiyo o‘yinlari. Doston Yoqubov kumush medal sohibi!

Indoneziyada bo‘lib o‘tayotgan Osiyo o‘yinlarida og‘ir atletika bo‘yicha -69kg vazn toifasida yurtimiz sharafini himoya qilgan Doston Yoqubov kumush medalni qo‘lga kiritdi.

U dast ko‘tarishda 145, siltab ko‘tarishda esa 186 kg toshni o‘ziga bo‘ysundirdi. Umumiy hisobda esa 331 kg natija qayd etib, musobaqada ikkinchi bo‘ldi.

Bu bugungi bahslarda sportchilarimiz tomonidan qo‘lga kiritilgan ikkinchi medal hisoblanadi.

Eslatib o‘tamiz, biroz avvalroq taekvondo bahslarida hamyurtimiz Nikita Rafalovich Osiyo o‘yinlari chempioni bo‘lgandi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring