Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

«O‘zbekcharmpoyabzali» — innovatsion rivojlanish yo‘lida

«O‘zbekcharmpoyabzali» — innovatsion rivojlanish yo‘lida

Foto: O‘zA

Innovatsion rivojlanish vazirligi tashabbusi bilan «O‘zbekcharmpoyabzali» uyushmasida tayyorlanayotgan mahsulotlarning raqobatbardoshligini ta’minlash, eksport salohiyatini oshirish maqsadida uchrashuv tashkil etildi. Unda uyushmaning rejalari va amalga oshirayotgan ishlari to‘g‘risida ma’lumot berildi.

Bugungi kunda uyushma tarkibida 95 ta korxona mavjud bo‘lib, ularda innovatsion g‘oyalar va texnologiyalarni joriy etish, shuningdek, xalqaro tajribalarni o‘rganish choralari ko‘rilmoqda. Bu borada Rossiya, Turkiya, Janubiy Koreya bilan hamkorlik qilish rejalashtirilgan.

Tadbir yakunida vazirlik hamda «O‘zbekcharmpoyabzali» uyushmasi o‘rtasida hamkorlikni yanada mustahkamlash bo‘yicha aniq vazifalar, ya’ni yosh kadrlarni tayyorlash, ustoz-shogird tamoyilini rivojlantirish, ilm-fan yutuqlaridan keng foydalanish, buning uchun Innovatsion faoliyatni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasini tashkil etish lozimligi qayd etildi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring