Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zbekiston Afg‘oniston shimolida neft va gaz geologiya-qidiruv ishlarini olib borishi mumkin

O‘zbekiston Afg‘oniston shimolida neft va gaz geologiya-qidiruv ishlarini olib borishi mumkin

Foto: «Xalq so‘zi online»

O‘zbekiston Afg‘oniston shimoliy qismida neft va gaz geologiya-qidiruv ishlarini qayta tiklash imkoniyatlarini o‘rganmoqda. Bu haqda «Xalq so‘zi online» xabar bermoqda.

O‘zbekiston XX asrning 90-yillarida Afg‘onistondagi istiqbolli neft va gaz hududlarida qator geologik tadqiqotlar o‘tkazgan. Ammo mazkur davlatda yuzaga kelgan vaziyat tufayli bu boradagi ishlar to‘xtab qolgan edi.

Ta’kidlanishicha, o‘tgan hafta neft va gaz sohasidagi hamkorlik masalalari Tashqi savdo vazirligida Afg‘oniston Prezidentining MDH mamlakatlari bilan hamkorlik bo‘yicha maxsus vakili Shokir Kargar bilan muzokaralarda muhokama qilingan. Uchrashuvda Afg‘oniston shimoliy qismida istiqbolli uglevorod konlarini geologiya-qidiruv ishlarini tiklash bo‘yicha qo‘shma loyihalar imkoniyati haqida so‘z borgan.

Vazirlik ma’lumotlariga ko‘ra, tomonlar uchrashuvda, shuningdek, «Mozori-Sharif — Hirot» temir yo‘li qurilishi va «Surxon — Puli-Xumri» elektr uzatish liniyalari kabi strategik muhim ahamiyatga ega bo‘lgan infratuzilma loyihalarini jadallashtirish bo‘yicha fikr almashdilar.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring