Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Koreya jamg‘armasi O‘zbekiston AKT sohasi uchun kredit ajratadi

Koreya jamg‘armasi O‘zbekiston AKT sohasi uchun kredit ajratadi

Foto: «Mitc.uz»

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligida Koreya Respublikasining Iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha hamkorlik jamg‘armasi (Economic Development Cooperation Fund(EDCF) delegatsiyasi hamda vazirlik rahbariyati ishtirokida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Qayd etilishicha, axborot texnologiyalari, yangi texnologiyalarni o‘zlashtirish hamda joriy qilish mamlakat iqtisodiyotini rivojlantiruvchi va barqaror rivojlanish sur’atini ta’minlovchi muhim omillar safiga qo‘shilib bo‘ldi.

Janubiy Koreya hukumati tomonidan 1987-yilda asos solingan Iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha hamkorlik jamg‘armasi ayni paytda ko‘plab rivojlanayotgan mamlakatlar bilan yaqin iqtisodiy aloqalarni yo‘lga qo‘ygan.

Jamg‘armaning faoliyat yo‘nalishi va loyihalarni O‘zbekistonda ham joriy qilish mamlakat iqtisodiyoti va o‘zaro hamkorlikning mustahkamlanishiga xizmat qiladi. Shuni hisobga olib, uchrashuvda tomonlar ikki tomonlama hamkorlik yo‘nalishlarini belgilab oldilar.

Xususan, uchrashuvda Iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha hamkorlik jamg‘armasi tomonidan O‘zbekistonga yo‘naltiriladigan 500 mln AQSh dollari miqdoridagi kredit mablag‘i evaziga amalga oshiriladigan yangi loyihalar muhokama qilindi.

Shunday loyihalardan biri Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar hamda Toshkent shahrida kovorking markazlarini tashkil qilish tashabbusidir. Bunday markazlarda muntazam ravishda sarmoyador va g‘oya egasi ishtirokida muhokamalar, shuningdek mashg‘ulot va seminarlar o‘tkazish imkoniyati yaratiladi.

Uchrashuvda har ikki tomon AKT sohasida istiqbolli loyihalarni hamkorlikda amalga oshirishga tayyor ekanini ma’lum qildilar.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring