Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

O‘zbek harbiylari AQShda o‘tayotgan «Janubiy zarba» mashg‘ulotlarida qatnashmoqda

O‘zbek harbiylari AQShda o‘tayotgan «Janubiy zarba» mashg‘ulotlarida qatnashmoqda

Foto: Mudofaa vazirligi matbuot xizmati

O‘zbekiston Mudofaa vazirligi maxsus bo‘linma harbiy xizmatchilari 11-yanvardan AQShning Kemp-Shelbi harbiy bazasi (Missisipi shtati)da bo‘lib o‘tayotgan «Janubiy zarba» hamkorlikdagi mashg‘ulotlarda ishtirok etishyapti, deya xabar berdi Mudofaa vazirligi matbuot xizmati.

O‘zbekiston mudofaa vaziri general-leytenant Abdusalom Azizov boshchiligidagi harbiy delegatsiya mazkur mashg‘ulotlarning uchinchi – asosiy fazasini kuzatish uchun AQShga jo‘nab ketdi.

«Janubiy zarba» taktik mashg‘ulotlari – Missisipi shtati Milliy gvardiyasi tomonidan Galfport shahrida joylashgan jangovar tayyorgarlik va birlashgan kuchlarning Kemp-Shelbi o‘quv bazalarida o‘tkaziladigan yirik o‘quv-jangovar mashg‘ulotlari hisoblanadi. O‘quv mashg‘ulotlari barcha qo‘shin turlari hamda qo‘riqlov bo‘linmalari, zaxira kuchlari va doimiy qo‘shinlar uchun amaliyotda jangovar shaylikni ushlab turish hamda AQSh va asosiy ittifoq qurolli kuchlari o‘rtasidagi hamkorlik masalalarini ta’minlash kabi maqsadlarni o‘z ichiga oladi.

Foto: Mudofaa vazirligi matbuot xizmati

Mazkur keng miqyosdagi mashg‘ulotlarda Kanada, Chili va Niderlandiya harbiylari ham qatnashmoqda.

AQShga rasmiy tashrif davomida O‘zbekiston harbiy delegatsiyasi Tampa shahridagi (Florida shtati) «CENTCOM» bosh qarorgohiga ham tashrif buyurib, uning rahbariyati bilan muzokaralar o‘tkazishi rejalashtirilgan.

Foto: Mudofaa vazirligi matbuot xizmati

 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring