Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zbekiston jazolandi. Stadionga faqat yaponlar kiradi

O‘zbekiston jazolandi. Stadionga faqat yaponlar kiradi

Foto: «Tribuna»

O‘zbekiston — Iroq o‘yinidagi toshbo‘ron sabab OFK jazo choralarini e’lon qildi.

Unga ko‘ra, Osiyo kubogi U23 yarimfinali doirasida bugun bo‘lib o‘tadigan O‘zbekiston – Yaponiya bahsiga o‘zbekistonlik tomoshabinlar kiritilmaydi. Yaponiyalik 500 nafar muxlis esa stadionga kirishi mumkin bo‘ladi.

Shuningdek, O‘zbekiston – Iroq uchrashuvida stadionda xavfsizlik yetarlicha ta’minlanmagani va OFK talablari bajarilmagani sababli O‘FA 50 ming AQSh dollari miqdorida jarimaga tortiladi.

Eslatib o‘tamiz, noxush hodisa aybdorlari qo‘lga olinib, ularning ayrimlariga jazo tayinlangandi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring