Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zbekiston meva-chevani asosan qaysi davlatlarga sotmoqda?

O‘zbekiston meva-chevani asosan qaysi davlatlarga sotmoqda?

Foto: Xabar.uz

9 oyda 1,3 mln tonna meva va sabzavotlar eksporti amalga oshirilgan. Bu haqda Statistika agentligi ma’lumot berdi.

Aytilishicha, 2023-yilning yanvar-sentyabr oylarida O‘zbekiston xorijga qiymati 831 mln AQSh dollariga teng bo‘lgan 1,3 mln tonna meva va sabzavotlar eksport qilgan.

Bu ko‘rsatgich 2022-yilning mos davriga nisbatan 1,1 barobarga yoki 99,5 ming tonnaga ko‘paygan.

Meva-sabzavot mahsulotlarining asosiy eksport bozorlari Rossiya (41,9 %), Pokiston (15,1 %), Qozog‘iston (12,2 %) hamda Xitoy (8,4 %) davlatlari hissasiga to‘g‘ri kelgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring