Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

O‘zbekiston noto‘g‘ri ovqatlanishdan vafot etayotganlar soni bo‘yicha dunyoda birinchi o‘rinda

O‘zbekiston noto‘g‘ri ovqatlanishdan vafot etayotganlar soni bo‘yicha dunyoda birinchi o‘rinda

Foto: «Aziya-Plyus»

O‘zbekiston aholisi noto‘g‘ri ovqatlanishdan halok bo‘layotganlar jahon reytingida quyidan birinchi o‘rinni egalladi. Bu mamlakatda to‘g‘ri ovqatlanish bilan bog‘liq holat juda achinarli ekanini anglatadi. Tadqiqotda keltirilgan raqamlarga ko‘ra, O‘zbekistonda har 100 ming kishidan 892 kishi aynan noto‘g‘ri ovqatlanish sababli kelib chiqadigan kasalliklar qurboniga aylanmoqda, deb yozadi «Lancet» jurnaliga tayanib «human.uz».

Kundalik taomlanishda foydali mahsulotlarning tanqisligi tamaki mahsulotlari iste’moliga qaraganda ko‘proq insonlar umriga zomin bo‘lmoqda. Xalqaro olimlar guruhi shunday xulosaga kelishgan. Ular dunyoning 195 mamlakatida noto‘g‘ri ovqatlanishning salbiy oqibatlariga doir ko‘rsatkichlarni o‘rganishgan va 1990-2017 yillarda holatni taqqoslash orqali xulosalarini taqdim etishgan.

Olimlarning fikricha, qizil go‘shtni haddan ortiq ko‘p iste’mol qilish, shirin ichimliklar, transyog‘lar taomlar tarkibida mevalar, sabzavotlar, butun donlar, sut, yong‘oq va dukkakli donlar hamda boshqa foydali mahsulotlar kamligi bilan taqqoslangan.

Aksariyat mamlakatlarda tuz asosiy parhez omili bo‘lgan. Biroq boshqa zararli mahsulotlar ham foydali mahsulotlar kamligiga nisbatan kamroq zarar keltirishi aniqlangan.

Tadqiqotlarning ko‘rsatishicha, 2017-yili qayd etilganlarning har beshinchisi, bu 11 mln deganidir, taomda tuzning ko‘pligi barobarida zararli mahsulotlar iste’moli sababli emas, balki taomlar tarkibida donli mahsulotlar, yong‘oqlar va urug‘lar kamligi sabab ro‘y bergan.

Noto‘g‘ri ovqatlanish bilan bog‘liq o‘limlarga yurak xurujlari va insultlar ko‘proq sabab bo‘lgan. Qariyb 10 mln kishi aynan shu kasalliklardan vafot etgan. Ular ortidan saraton va 2 tip qandli diabet kelmoqda. Halok bo‘lganlarning 45 foizi 70 yoshdan kichik bo‘lgan. Qiyoslash uchun 2017-yili tamaki iste’moli sababli 8 mln kishi vafot etgan. Yuqori qon bosimidan 10,4 mln odam dunyodan ko‘z yumgan.

Tadqiqotda yozilishicha, semizlik 2 tip qandli diabet va saraton xastaligining asosiy omillaridan biridir.

Noto‘g‘ri ovqatlanishdan o‘lim holatlari bo‘yicha eng yaxshi ko‘rsatkich Isroilda bo‘lib, yuz ming kishidan 89 kishi shu sabab vafot etgan. Keyingi o‘rinlarda Fransiya, Ispaniya va Yaponiya keladi. AQShda, 100 ming kishidan 171 kishi, Rossiyada 465 kishi noto‘g‘ri ovqatlanish qurboni bo‘ladi.

Ukrainada bu raqam 644 kishini tashkil etgan. O‘zbekistonning bu boradagi ko‘rsatkichi eng yomoni bo‘lib, 892 kishi noto‘g‘ri ovqatlanishdan o‘lmoqda. Afg‘oniston, Marshall orollari va Papua-Yangi Gvineya ko‘rsatkichlari ham O‘zbekistonnikidan yaxshiroq.

Xitoy, Yaponiya, Indoneziya va Tayland uchun asosiy muammo, kundalik taom tarkibida tuzning ko‘pligi bo‘ldi.

Quyi ko‘rsatkichlarni namoyish qila olgan davlatlar aholisi o‘z taomlarida ko‘proq mevalar, sabzavotlar, yong‘oqlar va dukkakli donlardan foydalangan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring