Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«O‘zbekiston pochtasi» rahbariyatida o‘zgarishlar ro‘y berdi

«O‘zbekiston pochtasi» rahbariyatida o‘zgarishlar ro‘y berdi

Foto: «Xabar.uz»

«O‘zbekiston pochtasi» AJning ijro apparatida o‘zgarishlar ro‘y berdi. 2018-yilning 4-iyunida bosh direktor etib tayinlangan rossiyalik Yevgeniy Birger o‘z lavozimida qoldi. Boshqa lavozimlarga yangi tayinlovlar amalga oshirildi.

Jumladan, Rustam Dadamuhamedov «O‘zbekiston pochtasi» AJning moliya bo‘yicha direktori vazifasini vaqtincha bajaruvchi etib tayinlandi. Bunga qadar u Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining Iqtisodiyot va tariflar boshqarmasi boshlig‘i vazifasida ishlab kelgan.

Shuningdek, Otaboy Rahimov «O‘zbekiston pochtasi»ning ishlab chiqarish bo‘yicha direktori vazifasini vaqtincha bajaruvchi, Baxtiyor Hoshimov — pochta xavfsizligi bo‘yicha direktor vazifasini vaqtincha bajaruvchi etib tayinlandi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring