Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

O‘zbekistonda AKT va OAV sohalariga bag‘ishlangan Rossiya-O‘zbekiston media forumi bo‘lib o‘tadi

O‘zbekistonda AKT va OAV sohalariga bag‘ishlangan Rossiya-O‘zbekiston media forumi bo‘lib o‘tadi

Joriy yilning 4-6 oktyabr kunlari O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi, Rossiya televideniyasi akademiyasi fondi va O‘zbekiston elektron ommaviy axborot vositalari milliy assotsiatsiyasi hamkorligida O‘zbekiston-Rossiya media forumi bo‘lib o‘tadi. Mazkur tadbirda O‘zbekiston va Rossiya Federatsiyasining yetakchi davlat va nodavlat ommaviy axborot vositalarining ko‘zga ko‘ringan ijodkorlari hamda  jurnalistlarni va axborot texnologiyalari xodimlarini tayyorlashga ixtisoslashgan oliy o‘quv yurtlari professor-o‘qituvchilari va mamlakatimizning sohada tahsil oluvchi talabalari ishtirok etadilar. Shuningdek, O‘zbekiston-Rossiya media forumiga MDH davlatlari, Boltiq bo‘yi o‘lkalari va Gruziyadan ham mutaxassislar taklif etiladi.

Forumning OAV sohasida hamkorlik qismi O‘zbekiston tarixi, madaniyati va uning turizm salohiyatidan Rossiya jamoatchiligi xabardorligini kengaytirish, mamlakatimiz televideniye va radioeshittirish sohasi mutaxassislarining malakasini oshirish, shuningdek, turli janrdagi teleradio loyihalarni, xususan, axborot-tahliliy dasturlarni tayyorlash borasida yetakchi rus teleradiokompaniyalari tajribasini o‘rganish  kabi masalalarni qamrab oladi. Bu jarayonda mamlakatimiz va rossiyalik tele va radio ijodkorlar bir-birlari bilan o‘zaro tajriba almashish imkoniyatiga ham ega bo‘ladilar. 

Axborot agentliklari o‘rtasidagi hamkorlik qismida, O‘zbekiston Respublikasi va Rossiya Federatsiyasi axborot agentliklarining tezkor xabarlar almashinuvi borasida hamkorlik qilish, internet axborot resurslarini yanada rivojlantirish, ijtimoiy tarmoqlarning jamiyat hayotiga ta’sirini o‘rganish tendensiyalari muhokama qilinadi.

Forumning axborot texnologiyalari sohasida hamkorlik qismida esa, AKT texnologiyalari parklarini yaratish va rivojlantirish bo‘yicha tajriba almashish, axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalar sohasida kadrlar malakasini oshirish hamda milliy internet resurslarini rivojlantirish bo‘yicha hamkorlikni yo‘lga qo‘yish masalalari qamrab olinadi. 

Shuningdek, forumga Rossiya media olamida mashhur bo‘lgan teleloyihalar ijodkorlari jalb qilinadi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring