Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zbekistonlik sportchilar Butunjahon ko‘chmanchilar o‘yinlarida ishtirok etmoqda (foto)

O‘zbekistonlik sportchilar Butunjahon ko‘chmanchilar o‘yinlarida ishtirok etmoqda (foto)

Foto: «Sputnik.kg»

Kecha, 2 sentyabr kuni Qirg‘izistonning Cho‘lpon ota shahridagi otchoparda Ko‘chmanchilarning III Butunjahon ko‘chmanchilar o‘yinlarining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Unda Qirg‘iziston, Qozog‘iston, Tatariston, Turkiya davlatlarining prezidentlari, bir qancha davlatlarning bosh vazir, sport, madaniyat vazirlari, nufuzli tashkilotlar rahbarlari ishtirok etdi. Bu haqda «Xabar.uz» muhbiri xabar bermoqda.

Marosim avvalida Qirg‘iziston prezidenti barchani tabriklab, keyingi safargi ko‘chmanchilar o‘yinlari Turkiyada o‘tishini rasman e’lon qildi.

Sahnalashtirilgan tomoshalarda 2000 dan ortiq ijrochilar, usta chavandozlar ishtirok etdi. Sahna ko‘rinishlari 3D-texnologiyalar bilan birgalikda katta taassurotlar qoldiradigan tomosha yaratdi. Mehmonlarga insoniyatning yaralishi, uning zamon va makonlar aro ko‘chib yurishidan to bugungi taraqqiyot yutuqlarigacha ko‘rsatildi. Qirg‘izistonlik adib Chingiz Aytmatov ham munosib xotirlandi. Tomoshalar katta mushakbozlik bilan nihoyasiga yetdi.

Bu yili o‘yinlarda 66 ta davlatdan 1556 nafar sportchi ishtirok etmoqda. Ular orasida o‘zbekistonlik sportchilar ham o‘yinda katta tarkib bilan qatnashmoqda.

Sportchilar ko‘chmanchilarning kamondan otish, ot chopish, ko‘pkari, burgutlar, tozi itlar bilan ov qilish, olish (kurash) kabi qadimiy o‘yinlari, shuningdek, arqon tortish, tosh ko‘tarish kabi sport turlari, ilk bor yaponcha kurash - sumo kabi 37 ta sport turi bo‘yicha musobaqalarda bellashishadi. O‘yinlar 2 sentyabrdan 7 sentyabrga qadar davom etadi.

Bugun bu shaharda turkiy tilli davlatlar rahbarlarining sammiti bo‘lib o‘tadi va unda O‘zbekiston Prezidenti ham ishtirok etadi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring