Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

O‘zbekistonning barcha nemis tili o‘qituvchilari Toshkentda uchrashadi

O‘zbekistonning barcha nemis tili o‘qituvchilari Toshkentda uchrashadi

Foto: «linguis.net»

Joriy yilning 8-9 noyabr kunlari butun O‘zbekiston bo‘yicha maktab, akademik litsey, kollej va oliy o‘quv yurtlarining 200 ortiq nemis tili o‘qituvchilari malaka oshirish va o‘zaro tajriba almashish maqsadida Toshkent shahrida uchrashishadi.

Nemis tili o‘qituvchilarining 12-marotaba o‘tkaziladigan anjumani Germaniyaning Toshkentdagi elchixonasi, O‘zbekiston oliy ta’lim muassasalarida faoliyat yuritayotgan germaniyalik lektorlar (DAAD), Gyote instituti, Germaniya Xalq universitetlari assotsiatsiyasi (dvv) va Germaniyaning Xorijdagi maktablar bo‘yicha markaziy boshqarmasi (ZfA) tomonidan o‘zaro hamkorlikda tashkillashtirilmoqda.

Anjuman 8 noyabr kuni soat 09:30da O‘zbekiston Respublikasining ta’lim sohasiga mas’ul vazirliklarining vakillari ishtirokida bo‘lib o‘tadigan davra suhbati bilan boshlanadi. Ikki kunlik anjuman davomida turli mavzular bo‘yicha amaliy seminarlarning keng dasturi taqdim etiladi. G yermaniyalik, avstriyalik, shveysariyalik va o‘zbekistonlik mutaxassislar tomonidan olib boriladigan seminarlarda nemis tili o‘qitish bo‘yicha keng qamrovli mavzular yoritiladi.

Mazkur anjuman nemis tili o‘qituvchilari va dotsentlari uchun o‘zaro tajriba almashish va O‘zbekiston nemis tili o‘qituvchilari uyushmasi vakillari bilan nemis tili fanini rivojlantirish masalalari borasida o‘zaro fikr almashish imkoniyatini beradi.

Bu yilgi anjuman Toshkent shahridagi Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti qoshidagi nemis tili chuqurlashtirilgan tarzda o‘qitiladigan va Germaniya Federativ Respublikasining “Maktablar: kelajak hamkorlari” tashabbusi doirasida qo‘llab-quvvatlanadigan "Shayhontohur” akademik litseyining binosida bo‘lib o‘tadi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring