Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

O‘zbekistonning tashqi qarzi oshdi

O‘zbekistonning tashqi qarzi oshdi

Foto: «depositphotos.com»

Markaziy bank 2018-yilning 9-oyi uchun O‘zbekiston Respublikasining to‘lov balansi, xalqaro investitsion pozitsiyasi va tashqi qarziga oid hisobotni e’lon qildi.

Unga ko‘ra, 2018-yilda davlat tashqi qarzining o‘sish sur’atlari o‘tgan davrlarga nisbatan yuqori bo‘lganligi kuzatildi va mavjud ma’lumotlarga asosan yuqori o‘sish sur’atlari keyingi yilda ham saqlanib qolishi kutilmoqda. Ushbu o‘sish davlat maqsadli dasturlari va loyihalarini moliyalashtirish maqsadida yangi tashqi qarzlar jalb qilinishi bilan bog‘liq.

O‘zbekiston Respublikasi umumiy tashqi qarzining dinamikaviy qatorlari[1]
(Davrning oxiriga)

mlrd. doll.

[1] 2018-yilning boshida tashqi qarzni hisoblash metodologiyasi qayta ko‘rib chiqilgan edi va 2018 yildan boshlab tashqi qarz olishlar bo‘yicha qarzdorlikning qoldig‘ini hisoblashda hisoblab chiqilgan, ammo to‘lanmagan foizlar ham hisobga olinmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi umumiy tashqi qarzining hajmi 2018-yilning 1-oktyabr holatiga 16,4 mlrd. dollarni tashkil qilib, 2018-yilning boshiga nisbatan 4,2% yoki 664,3 mln. dollarga o‘sdi (quyidagi jadval).

Umumiy tashqi qarzning tuzilmasi va o‘zgarishi[2]

(iqtisodiyot sektorlari bo‘yicha)

mln. doll.

Iqtisodiyot sektori

Quyidagi sanalar holatiga ko‘ra qarzdorlik

Salmog‘i

2018 yilning

9 oyi uchun o‘zgarish

01.01.2017 

01.01.2018 

01.10.2018 

Jami

14 623,6

15 776,4

16 440,7

100%

664,3

Davlat tashqi qarzi

6 474,9

7 600,0

8 730,5

53%

1 130,5

Xususiy tashqi qarz

8 148,7

8 176,4

7 710,2

47%

-466,2

Bosh kompaniyalaridan

1 377,1

1 304,9

1170,3

15%

-134,6

Xususiy tashqi qarzdagi sektorlarning ulushlari

Neft, gaz va energetika sektori

6 097,0

6 149,7

5 614,5

73%

-351,8

Telekommunikatsiya sektori

1 152,8

965,6

750,3

10%

-388,8

Bank sektori

450,2

579,7

775,3

10%

199,1

To‘qimachilik sektori

112,4

119,9

127,0

2%

20,1

Boshqa sektorlar

336,4

361,6

443,0

6%

73,4

[2] Davlat tashqi qarzi davlat tomonidan jalb qilingan qarz va davlat kafolati ostida olingan qarzdan iborat. Xususiy tashqi qarz xo‘jalik yurituvchi sub’yektlarning, shu jumladan davlat korxonalarining, davlat tomonidan kafolatlanmagan tashqi qarzidan iborat.

2018-yilning 9 oyi uchun jami qarzdorlikning o‘sishi davlat sektoriga to‘g‘ri kelmoqda (1,1 mlrd. doll.), shu bilan birga xususiy sektorning qarzdorligi 466,2 mln. dollarga kamaydi. Shunday qilib, davlat tashqi qarzi davlat loyihalarini moliyalashtirish uchun yangi qarz olishlarni jalb qilish hisobiga o‘sish tendensiyasini saqlab qoldi.

Ta’kidlash lozimki, 2018-yilning 9 oyi davomida xususiy sektor tomonidan jami 536,3 mln. dollar miqdordagi tashqi qarz jalb qilindi. Qarzni jalb qilish asosan banklar – 340,0 mln. doll., ulardan 241,2 mln. doll. – davlat ulushiga ega banklar, 57,8 mln. doll. – neft, gaz va energetika sektori korxonalari, 25,3 mln. doll. – to‘qimachilik sohasi korxonalari va 113,3 mln. doll. – iqtisodiyotning boshqa sektorlari korxonalari hissasiga to‘g‘ri keladi.

Shuningdek, xususiy sektor qarzi bo‘yicha 2018-yilning 9 oyi davomida 962,6 mln. doll. miqdordagi asosiy qarz va 225,9 mln. doll. miqdordagi foizlarning to‘lovi amalga oshirildi. Davlat tashqi qarzi bo‘yicha esa mos ravishda 303,7 mln. doll. va 122,8 mln. doll. to‘lab berildi.

Bunda asosiy qarzni so‘ndirishning sezilarli hajmi neft, gaz va energetika sektori (645,8 mln. doll.), shuningdek bank (151,4 mln. doll.) va telekommunikatsiya sektori (118,8 mln. doll.)ga to‘g‘ri kelmoqda. Neft, gaz va energetika sektori korxonalari tomonidan 187,4 mln. dollar miqdordagi foizlar to‘langan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring