Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

O‘zbekistonning yana bir banki xakerlar hujumiga uchradi

O‘zbekistonning yana bir banki xakerlar hujumiga uchradi

Ijtimoiy tarmoqlarda InFinBank’da xakerlik yo‘li bilan pul mablag‘larini o‘g‘irlash holatlari yuz bergani haqida xabar tarqaldi.

Bank ma’muriyati mazkur xabarlar yuzasidan rasmiy ma’lumot berdi.

Qayd etilishicha, shu yilning 3-5-sentyabr kunlari bir guruh xalqaro moliyaviy firibgarlar xorijda joylashgan fiktiv merchant xizmatlaridan  InFinBank’da o‘zlarining jinoiy sheriklari nomiga ochilgan Visa kartalariga valyuta mablag‘larini o‘tkazishga va shu kunlarning o‘zida bankomat tizimlarida naqdlashtirish, boshqa banklarning mobil ilovalari, Humo va Uzcard tizimida ochilgan kartalar vositasida o‘zlashtirishga uringanlar. 

Hozirda jinoiy guruhning a’zolari aniqlangan. Gumonlanuvchilar qo‘lga olingan. Ichki ishlar organlari bilan hamkorlikda surishtiruv va tergov harakatlari olib borilmoqda. Noqonuniy ishlatilgan va o‘zlashtirilgan mablag‘larning bir qismi undirildi va qolgan qismini undirish harakatlari amalga oshirilmoqda.

«Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalayotgan xabarlarda ko‘rsatilgan summalar haqiqatga to‘g‘ri kelmaydi», – deyiladi bank xabarida.

Surishtiruv, tergov va undiruv harakatlari yakuni bo‘yicha qo‘shimcha ma’lumot va axborotlar beriladi.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 7-iyul kuni 1976-yilda tug‘ilgan fuqaro o‘zining jinoiy sheriklari bilan poytaxtdagi «Davr bank» XATB tizimiga ruxsatsiz kirib, bank hisobidagi 15 milliard so‘m miqdordagi pullarni sherigining nomiga ochilgan plastik kartalarga o‘tkazgani aniilangan edi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring