Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

«O‘zbekkonsert» Ulug‘bek Rahmatullayevning litsenziyasini qaytarib berdi

«O‘zbekkonsert» Ulug‘bek Rahmatullayevning litsenziyasini qaytarib berdi

Foto: «Xabar.uz»

Shu yilning 27-iyun kuni O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Ulug‘bek Rahmatullayevning viloyatlarda o‘tkazilgan tadbirlarda ishtirok etmaganligi tufayli xonandaning litsenziyasi tugatilganligi haqida xabar bergan edik.

Oradan bir oz vaqt o‘tib, xonanda Ulug‘bek Rahmatullayev muassasaga murojaat bilan chiqib, u o‘z xatosini tushunib yetganligini va o‘z tashabbusi bilan chekka hududlarda konsert berish niyatida ekanini bildirgan. Uning bu murojaati muassasa tomonidan qo‘llab quvvatlanib, xonanda joriy yilning 10-iyul kuni Samarqand viloyatining Nurobod tumani, Jom qishlog‘ida o‘zining xayriya konsert dasturini taqdim etdi.

Ulug‘bek Rahmatullayevning o‘z xatosini tushunib yetganligini va o‘zi tashabbus ko‘rsatib xayriya konsert dasturini namoyish etganligini inobatga olib, «O‘zbekkonsert» davlat muassasasi huzuridagi Ijodiy ko‘maklashuvchi vakillar guruhi yig‘ilishida 11-iyuldan xonandaning litsenziyasi qaytarib berildi.

Izohlar 1

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring