Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zida Ka’bani aks ettirgan qaynar buloq siri

O‘zida Ka’bani aks ettirgan qaynar buloq siri

O‘zAda Samarqand viloyatining Urgut tumanidagi sehrli buloq haqida maqola chop etildi.

Samarqand viloyatining Urgut tumanidagi Chor Chinor ziyoratgohida yil bo‘yi qurimaydigan qaynar buloq bor. Suvining harorati 17-18 daraja iliq bu suvni to‘yib ichsangiz ham tomog‘ingiz og‘rimaydi. Eng muhimi u ko‘plab kasalliklarga — buqoq, oshqozon kasallarini davolash va ichki a’zolardagi toshlarni maydalashi isbotlangan emish. Bu suvdan doim foydalanilganda yuzga ajin tushmas ekan. Hattoki 1936 yilda tarqalgan vabo epidemiya vaqtida bu suvdan iste’mol qilganlarga zarar yetmagan.

Qaynar buloq aylanasi 50-60 metr, chuqurligi 40 metr bo‘lgan hovuzdan chiqadi. Sinchiklab qarasangiz suv hovuzning turli taraflaridan qaynab chiqayotganini ko‘rasiz. Qaynab chiqayotgan joyda gohida pufakchalar hosil bo‘lishi kishini ajablantiradi.

Xo‘sh suv ichiga havo qanday kirib qolgan? Aslida bu jumboqning o‘z javobi bor.

Ma’lumotlarga ko‘ra, bu suv Urgut tog‘ining ancha yuqorisida hosil bo‘lib, yer osti yo‘llari bilan Chor chinor ziyoratgohidan chiqar ekan. Buloq suvi yilning ba’zi fasllarida ko‘payib, ba’zilarida kamayib qoladi. U kamaygan vaqtda yer osti bo‘shliqlarida havo to‘planib qoladi. Suv ko‘payganda esa havo suv bilan yer yuzasiga ana shunday pufakchalar hosil qilib chiqadi.

Eng qizig‘i, teshik tosh ichidan oqib chiqayotgan suvda nur ichidagi Ka’ba shakl ko‘rinishi. Bu ko‘rinish qaynar buloqqa kelayotgan sayyohlarni juda qiziqtirmoqda. Mahalliy aholi bu mo‘’jiza teshik toshga faqat to‘g‘ridan qaraganda ko‘rinishi, unga soatlab qarasa ko‘z ravshan tortishini aytishmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring