Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Patrul avtomobillari yangi namunadagi radarlar bilan ta’minlandi

Patrul avtomobillari yangi namunadagi radarlar bilan ta’minlandi

Foto:«Uza.uz»

Toshkent viloyati Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi viloyat hududida tezlik oqibatida yo‘l-transport hodisalari salmog‘ini kamaytirish maqsadida patrul avtomobillarga yangi namunadagi maxsus avtomatlashtirilgan foto va video qayd etish vositalari o‘rnatmoqda. Bu haqda «O‘zA» yozmoqda.

Ushbu patrul avtomobillarga o‘rnatilgan fotoradarlar real vaqt rejimida avtomatik ravishda qoidabuzarlikni qayd etadi. Simsiz aloqa orqali avtomobil raqami, sana, vaqt va voqea joyidan iborat bo‘lgan ma’lumotlarni «O‘zbekiston pochtasi»ning ma’lumotlarni qayta ishlash markazi orqali qoidabuzarlikni sodir etgan haydovchi yoki yuridik shaxsga pochta orqali xabar beradi.

Hozirda ushbu fotoradarlar test rejimida ishlamoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring