Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Paxta terimi uchun to‘lov miqdori keskin oshirildi

Paxta terimi uchun to‘lov miqdori keskin oshirildi

Bugun Bosh vazir Abdulla Aripov rahbarligida Vazirlar Mahkamasida 2018 yilgi mavsumda paxta hosilini nest-nobud qilmasdan yig‘ib olish masalasiga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda yig‘ilishda ishtirok etgan «Xabar.uz» muxbiri xabar berdi.

Bosh vazirning ma’lum qilishicha, bu yilgi paxta xom ashyosi mashinada terilganda bir tonna uchun 400 ming so‘m haq to‘lanadi.

Qo‘lda terilgan bir kilogramm paxta uchun esa birinchi bosqichda kontraktatsiya shartnomasi majburiyati 60 foizga bajarilgunga qadar 650 so‘m, ikkinchi bosqichda — 60 foizdan 80 foiz bajarilguncha 850 so‘m, uchinchi bosqich — 80 foizdan oshgach esa 1000 so‘mgacha haq to‘lanishi belgilangan.

Bundan tashqari, Jizzax, Sirdaryo, Toshkent viloyatlari, Qashqadaryo, Surxondaryo viloyatlarining ayrim tumanlarida terimchilarni paxta yig‘imiga jalb etish maqsadida Moliya vazirligi huzuridagi Qishloq xo‘jaligini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi tomonidan qo‘lda terilgan har bir kilogramm paxta uchun 150 so‘m, oziq-ovqat mahsulotlari uchun yana 150 so‘m, jami — 300 so‘m miqdorida qo‘shimcha ustama to‘lanadi.

Shu tariqa qo‘lda terilgan har bir kilogramm paxta uchun to‘lanadigan haq miqdori 1300 so‘mgacha yetadi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring