Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Paxtakor»ning o‘yinlarini boshqarishga Navaf Shukrulla va Alirizo Fag‘oniy chaqirildi

«Paxtakor»ning o‘yinlarini boshqarishga Navaf Shukrulla va Alirizo Fag‘oniy chaqirildi

Foto: «fifa.com»

PEPSI Superliga sekin-asta o‘zining muhim pallasiga kirib bormoqda. Yana 5 ta tur uchrashuvlari o‘tkazilgach, chempionlik uchun kurashadigan hamda ligada jon saqlab qolish uchun harakat qiladigan jamoalar saralab olinadi.

Bundan keyingi o‘yinlarning muhimlik darajasi juda yuqori ekanini inobatga olgan holda O‘zbekiston Professional futbol ligasi oldindagi bir qator mas’uliyatli uchrashuvlarni boshqarib borish uchun yaqindagina Rossiya yashil maydonlarida bo‘lib o‘tgan Jahon chempionati-2018 o‘yinlarida hakamlik qilgan referilarni O‘zbekistonga taklif etdi.

Unga ko‘ra, 19-tur uchrashuvlari doirasidan o‘rin olgan «Navbahor» — «Paxtakor» o‘yinini qit’amizning yetakchi referilaridan biri Navaf Shukrulla boshchiligidagi hakamlar guruhi boshqarib boradi. Unga qanotlarda hamyurtlari Yosir Halil Ibrohim Telfat hamda Navaf Shahin Halifa yordam berishadi. Ushbu hakamlar guruhi JCh-2018da 2 ta o‘yinda ishlaganini alohida e’tirof etish joiz.

19-tur

28-iyul, shanba

«Navbahor» — «Paxtakor»

Bosh hakam: Navaf Shukrulla (Bahrayn)

Qanot hakamlari: Yosir Halil Ibrohim Telfat, Navaf Shahin Halifa (Bahrayn)

Shuningdek, 20-turning markaziy o‘yini – «Paxtakor» — «Lokomotiv» uchrashuvida Jahonning eng sara referilari qatoridan o‘rin egallayotgan eronlik Alirizo Fag‘oniy boshchiligidagi guruh ishlaydi. Unga qanotlarda hamyurtlari Muhammadrizo Mansuriy va Rizo Suhandon yordam berishadi. Mazkur brigada Jahon chempionati-2018da 4 ta uchrashuvda faoliyat olib bordi.

20-tur

1-avgust, chorshanba

«Paxtakor» — «Lokomotiv»

Bosh hakam: Alirizo Fag‘oniy (Eron)

Qanot hakamlari: Muhammadrizo Mansuriy, Rizo Suhandon (Eron)

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring