Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Pentagonning eng yosh va keksa sobiq rahbari vafot etdi

Pentagonning eng yosh va keksa sobiq rahbari vafot etdi

Foto: DW

AQSh sobiq mudofaa vaziri Donald Ramsfeld 89 yoshida vafot etdi, xabar berdi «Euronews». 

Ramsfeld ikki marta Pentagonga rahbarlik qilgan: 70-yillar o‘rtalarida — Jerald Ford davrida hamda 2000-yillar birinchi yarmida — Jorj Bush (kichik) prezidentlik qilgan paytda. E’tiborlisi, ilk marotabasida eng yosh, ikkinchisida eng keksa mudofaa vaziri sifatida AQSh tarixida qolgan. 1988-yilda AQSh prezidentligi uchun saylovda qatnashgan, ammo omad undan yuz o‘girgan.

2000-yillardagi faoliyati ko‘proq esda qolgan: terrorizmga qarshi global kurash ashaddiy tarafdorlaridan bo‘lgan, Iroq va Afg‘oniston kampaniyalarini rejalashtirishda asosiy shaxslardan sanalgan. Bushning qo‘llab-quvvatloviga qaramay, Ramsfeld 2006-yil 74 yoshida iste’foga chiqqan.

70-yillardan yirik biznes bilan muvaffaqiyatli shug‘ullanib kelgan Ramsfeld iste’foga chiqqanidan so‘ng xotiralar yozish bilan shug‘ullangan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring