Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Pepsi Superliga. «Paxtakor» Namanganda, «Nasaf» o‘z uyida mag‘lub bo‘ldi

Pepsi Superliga. «Paxtakor» Namanganda, «Nasaf» o‘z uyida mag‘lub bo‘ldi

Foto: «pfl.uz»

Bugun Pepsi Superligasida 19-tur doirasida uchta o‘yin bo‘lib o‘tdi. Turning markaziy uchrashuvlaridan biri Namanganda o‘tkazildi.

JCh-2018 ishtirokchisi bo‘lgan Navaf Shukrulla boshchiligidagi bahraynlik hakamlar guruhi boshqarib borgan uchrashuvda «Navbahor» o‘z maydonida «Paxtakor» ustidan 1:0 hisobida g‘alabaga erishdi. Uchrashuvdagi yagona gol 52-daqiqada Igor Golban tomonidan kiritildi.

Qarshiga safar uyushtirgan AGMK esa o‘z tarixida ilk bor «Nasaf»ni mag‘lub etdi. AGMK jamoasi kiritgan gollarga Muzaffar Muzaffarov (49-daqiqa) va Zohir Pirimov (62-daqiqa) mualliflik qilgan.

19-turdan o‘rin olgan kunning uchinchi bahsida «Metallurg» o‘z maydonida «Neftchi»ni minimal hisobda mag‘lub etdi. Bekobodliklarning g‘alaba to‘pini 71-daqiqada Islombek Isoqjonov kiritdi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring