Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Poytaxtda «Samoviy shahar» quriladi

Poytaxtda «Samoviy shahar» quriladi

Illyustrativ foto.

Foto: «grandengineer.ru»

Bugun, 28 iyul kuni Toshkent shahar hokimligida tadbirkorlar, xorijiy investorlar ishtirokida «Toshkent shahrini rivojlantirish va investitsiyalarni jalb qilish»ga bag‘ishlangan «ochiq eshiklar» kuni bo‘lib o‘tgani haqida xabar bergan edik.

Shahar hokimligi matbuot xizmati ma’lum qilishicha, Toshkentda «SF Global» kompaniyasining «Sky city» («Samoviy shahar») binolari majmui quriladi. Loyihaga kiritiladigan sarmoyalarning umumiy miqdori 500 million dollarni tashkil etadi.

Investorlar bu mablag‘larning yarmini obodonlashtirishga yo‘naltirishga tayyor. Keng yer maydonida balandligi 30-40 qavatlik zamonaviy binolar majmuini qurish rejalashtirilmoqda. Ulardan biri mehmonxona, 5 tasi – ofislar va 6 tasi turar joy binolari bo‘ladi.

Qurilish ishlari 5 oydan so‘ng – uchastka to‘liq tasdiqlanganidan keyin boshlanishiga qaror qilingan.

Umuman olganda, Toshkent shahar hokimi vazifasini bajaruvchi J.Ortiqxo‘jayev o‘tkazgan «Ochiq eshiklar kuni»da taqdim etilgan loyihalarning 35 foizi joyida ma’qullandi, qolgan investorlarga muqobil uchastka va ob’yektlar taklif qilinadigan bo‘ldi.

Tadbirda umumiy qiymati 591 mln dollariga teng (bundan $173 millioni to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar) 62 loyiha taqdim etildi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring