Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Prezident raisligida bugunning o‘zida yana bir yig‘ilish bo‘lib o‘tadi

Prezident raisligida bugunning o‘zida yana bir yig‘ilish bo‘lib o‘tadi

Foto: «President.uz»

Bugun, 17-yanvar kuni Toshkent shahar hokimligida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti raisligida videoselektor yig‘ilishi bo‘lib o‘tadi.

«Xabar.uz» manbasining xabariga ko‘ra, selektor yig‘ilishida O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirish davlat dasturini ishlab chiqish hamda moliyalashtirish bo‘yicha joriy etilgan yangi tartib asosida investitsiya loyihalarini shakllantirish yuzasidan amalga oshirilishi lozim bo‘lgan chora-tadbirlar muhokama qilinishi rejalashtirilgan.

Yig‘ilishda tuman hokimlari shaxsan ishtirok etadi.

Eslatib o‘tamiz, ayni damda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida yana bir videoselektor yig‘ilishi bo‘lib o‘tmoqda. Ushbu yig‘ilishning muhim jarayonlaridan sizni onlayn tartibda xabardor qilib turamiz.

Bizdan uzoqlashmang!

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring