Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Qibrayda yong‘in. Bolalar tagliklari zavodi butkul yonib ketdi

Qibrayda yong‘in. Bolalar tagliklari zavodi butkul yonib ketdi

Qibray tumani Baytqo‘rg‘on qishlog‘ida joylashgan bolalar tagliklari zavodida yong‘in sodir bo‘ldi.

Foto: «Nuz.uz»

Toshkent viloyatining Qibray tumani, Baytqo‘rg‘on qishlog‘ida joylashgan bolalar tagliklari (pamperslar) zavodida yong‘in sodir bo‘ldi. Bu haqda «Nuz.uz» xabar bermoqda.

Xabarda ma’lum qilinishicha, zavod «Sof Gigienik» kompaniyasiga tegishli bo‘lib, bu yerda Jonny Baby savdo belgisi ostida mahsulotlar tayyorlangan.

Viloyat IIB Yong‘in xavfsizligi boshqarmasining ma’lumotiga ko‘ra, hodisa haqida 4-yanvar kuni soat 06:27 da xabar berilgan. 2-3 daqiqadan so‘ng bir necha o‘t o‘chirish brigadasi voqea joyiga yetib keldi. Yong‘inni bartaraf etishda jami 14 ta brigada ishladi.

Olov 700 kvadrat metrdan oshiq maydonni qamrab oldi. Hodisada hech kim jabrlanmagani bildirilmoqda. Hozirda yong‘in sabablariga aniqlik kiritilmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring