Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Qirg‘izistonda Korrupsiyaga qarshi kurashuvchi tashkilot rahbari pora bilan ushlandi (video)

Qirg‘izistonda Korrupsiyaga qarshi kurashuvchi tashkilot rahbari pora bilan ushlandi (video)

Qirg‘iziston Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasi «Korrupsiyaga qarshi xalq harakati» jamoat birlashmasi direktorini pora olayotgan vaqtida jinoyat ustida ushladi. Bu haqda Qo‘mita matbuot markazi xabar bergan.

Qayd etilishicha, mazkur uyushma rahbari Almazbek Kanquliyev bo‘lib, u mahalliy qishloqlarning biri rahbaridan uning moliyaviy faoliyatini tekshirishni to‘xtatish evaziga pul undirmoqchi bo‘lgan.

Almazbek Kanquliyev o‘z maqomidan foydalanib, huquqni muhofaza qiluvchi organlardagi aloqa niqobi ostida vaqti-vaqti bilan davlat muassasalari va mahalliy o‘zini o‘zi boshqarish organlaridan budjet mablag‘larining sarflanishi to‘g‘risidagi hamda boshqa manfaatdor ma’lumotlarni so‘rab turgan. U o‘z so‘rovlarini bajarishdan bosh tortgan tashkilot va idoralarni tekshiruv o‘tkazish bilan qo‘rqitib, prokuratura va Hisob palatasiga arizalar kiritish orqali tizimli ravishda pul undirib kelgan.

Bundan tashqari, Kanquliyev pudratchilarga hamkorlikni taklif qilib, tenderlarda ijobiy qaror qabul qilishni va’da qilgan va buning uchun e’lon qilingan tender summasining 10 foizini talab qilgan. Rad etilgan taqdirda, ularning tashkilotida audit o‘tkazishga harakat qilish bilan tahdid qilgan.

Ayni paytda mazkur holat yuzasidan Qirg‘iziston JKning 208-moddasi (Pora olish) bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Almazbek Kanquliyevga nisbatan esa qamoqqa olish ehtiyot chorasi qo‘llangan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring