Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Qishloqlarda kutubxona tashkil etish bo‘yicha aksiya boshlandi

Qishloqlarda kutubxona tashkil etish bo‘yicha aksiya boshlandi

Foto: «Esdalik.uz»

«Esdalik.uz» sayti tomonidan chekka qishloqlarda kutubxonalar tashkil etish bo‘yicha aksiya e’lon qilindi.

Saytda ma’lum qilinishicha, ana shu mavzuda tahririyatga ko‘plab maktublar kelgan. Shu bois olis hududlarda yoshlarning ma’naviyatini yuksaltirish maqsadida mazkur aksiya loyihasiga qo‘l urilgan.

«Poytaxtda yoshlarning kitob o‘qishlari uchun barcha shart-sharoitlar yaratib berilgan. Kelinglar, qishloqlarda kutubxona tashkil etish uchun o‘z hissamizni qo‘shaylik. Buning uchun har birimiz bir nechtadan kitob taqdim etsak kifoya. Ularni to‘plab maktub egalariga jo‘natsak, ziyo ulashgan bo‘lardik.

Agar o‘qib bo‘lgan kitoblaringiz bo‘lsa, unda sizni kutib qolamiz. Kutubxona aksiyasidan yangilik va lavhalar saytimizda davomli e’lon qilinib boriladi. Ziyo ulashib kelajak avlodning ma’rifati uchun sal bo‘lsada hissamizni qo‘shaylik, azizlar», deb yozadi sayt muharriri.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring