Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Qonun kuchga kirdi. DXX qanday faoliyat olib boradi?

Qonun kuchga kirdi. DXX qanday faoliyat olib boradi?

Ixtiyor Abdullayev — O‘zbekiston Respublikasi Milliy xavfsizlik xizmati raisi

Foto: «Uznews.uz»

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev kecha, 5-aprel kuni «O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati to‘g‘risida»gi qonunni imzolagani haqida xabar bergan edik. Ushbu qonunning to‘liq matni «Xalq so‘zi» gazetasida e’lon qilindi.

Unga ko‘ra, Davlat xavfsizlik xizmati davlat xavfsizligini ta’minlash maqsadida o‘z faoliyatini maxsus vositalar, shakllar va uslublar bilan amalga oshiradigan maxsus vakolatli davlat organidir.

Davlat xavfsizlik xizmati davlat xavfsizligini ta’minlash sohasida yagona davlat siyosatini amalga oshiradi va o‘z vakolatlari doirasida quyidagi asosiy yo‘nalishlar bo‘yicha faoliyat olib boradi:

— O‘zbekiston Respublikasining davlat xavfsizligini va davlat manfaatlari tashqi hamda ichki tahdidlardan himoya qilinishini ta’minlash, mazkur sohada qonuniylik va qonun ustuvorligini mustahkamlash, huquqbuzarliklarning oldini olish, ularni aniqlash va ularga barham berish;

— O‘zbekiston Respublikasining konstitutsiyaviy tuzumi, suvereniteti va hududiy yaxlitligiga bo‘lgan tajovuzlarning oldini olish, ularni aniqlash hamda ularga barham berish bo‘yicha razvedka va kontrrazvedka faoliyatini amalga oshirish;

— O‘zbekiston Respublikasining Davlat chegarasini qo‘riqlash va himoya qilish;

O‘zbekiston Respublikasining Qurolli Kuchlari va mudofaa-sanoat majmuasini davlat xavfsizligiga bo‘ladigan xavf-xatarlar hamda tahdidlardan himoya qilish, mamlakat mudofaa qobiliyatini mustahkamlash bo‘yicha strategik tashabbuslarni amalga oshirishda ishtirok etish;

— terrorizm, ekstremizm, uyushgan jinoyatchilikka, qurol-yarog‘, giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalarning noqonuniy muomalasiga qarshi kurashish;

— davlat manfaatlari va xavfsizligiga tahdid soluvchi milliy, etnik va diniy adovatni targ‘ib etishga qaratilgan buzg‘unchilik faoliyatining oldini olish, uni aniqlash va unga barham berish;

— iqtisodiy, ilmiy-texnikaviy, ijtimoiy va axborot sohalarida davlat xavfsizligini ta’minlash, O‘zbekiston Respublikasi xalqining madaniy-tarixiy hamda boy ma’naviy merosini himoya qilish;

— davlat organlari va boshqa tashkilotlarda davlat manfaatlariga hamda xavfsizligiga tahdid soluvchi korrupsiya holatlariga qarshi kurashish;

— telekommunikatsiyalar va transport sohasida davlat xavfsizligini ta’minlash, favqulodda vaziyatlarga shart-sharoit yaratuvchi omillarning oldini olish, ularni aniqlash va ularga barham berish;

— tergovi Davlat xavfsizlik xizmati vakolatiga kiritilgan jinoyat ishlari bo‘yicha tergovga qadar tekshiruv va dastlabki tergovni o‘tkazish, tezkor-qidiruv faoliyatini amalga oshirish;

— davlat organlari va boshqa tashkilotlarda davlat sirlarining saqlanishini, maxsus aloqaning xavfsizligini ta’minlash hamda axborotning kriptografik himoyasini tashkil etish ustidan nazorat qilish;

— davlat manfaatlari va xavfsizligiga tahdid soluvchi huquqbuzarliklarning sodir etilishiga imkon yaratuvchi sabablar hamda shart-sharoitlarni aniqlash va bartaraf etish;

Davlat xavfsizlik xizmatining jangovarlik va safarbarlik shayligi holatini takomillashtirish hamda saqlab turish, favqulodda vaziyatlar yuzaga kelganda va harbiy holat joriy qilinganda kuch va vositalarni harakatlarga tayyorlash.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring