Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Qoraqalpog‘istonda qamishdan mahsulot olish yo‘lga qo‘yiladi

Qoraqalpog‘istonda qamishdan mahsulot olish yo‘lga qo‘yiladi

Foto: «Google.com»

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «Respublika iqtisodiyotiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalarni jalb qilish mexanizmlarini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida» qaroriga ko‘ra Qoraqalpog‘iston Respublikasida qamishdan mahsulot olish yo‘lga qo‘yiladi.

Unga ko‘ra qamish qayta ishlash va qog‘oz, paxta hamda zarrachalarni ishlab chiqarishni tashkil qilish ko‘zda tutilgan. Loyihaning taxminiy qiymati 5 million AQSh dollariga baholanmoqda va yiliga 100 ming tonna qamishni qayta ishlash ko‘zda tutilgan.

Xorijiy investorlarga O‘zbekistondan hamkor «WANG DA GROUP» MChJ QK bo‘lishi lozim. Loyiha ustida ishlash uchun mas’ul organ sifatida o‘rmon xo‘jaligi qo‘mitasi hamda investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi ko‘rsatib o‘tilgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring