Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Qozog‘iston prezidenti: Olmaota va Ostona shaharlarida faqatgina elektromobillar qatnaydi

Qozog‘iston prezidenti: Olmaota va Ostona shaharlarida faqatgina elektromobillar qatnaydi

Qozog‘iston prezidenti buni Olmaota shahri hokimi Baurjon Baybek bilan bo‘lib o‘tgan uchrashuvda aytib o‘tdi.

Foto: «ITC.ua»

Qozog‘iston prezidenti Nursulton Nazarboyev mamlakatning eng yirik shaharlari — Olmaota va Ostonada faqatgina elektromobillar harakatlanishi rejalashtirilayotgani haqida ma’lum qildi, deb xabar berdi «ITC.ua».

Qozog‘iston prezidenti buni Olmaota shahri hokimi Baurjon Baybek bilan bo‘lib o‘tgan uchrashuvda aytib o‘tdi.

Gap Olmaota ekologiyasini yaxshilash borasida so‘z ketganida, Nursulton Nazarboyev shunday dedi: «Biz gazlashtirish yo‘nalishida ishlashni davom ettirib, elektr stansiyalarini, xususiy turar-joylarni, jamoat transporti va xususiy avtotransport vositalarini gazga o‘tkazishimiz kerak. Kelajakda esa Olmaota va Ostonani faqatgina elektromobillar harakatlanadigan shaharga aylantirishimiz lozim».

Shahar aynan qancha muddat ichida elektromobillarga o‘tkazilishi kerakligi haqida aniq sanalar aytilmadi. Umuman olganda, buning iloji bor, chunki Xitoyning 12 million aholiga ega Shenchjen shahri o‘zining 16 mingdan ortiq jamoat avtobuslar tizimini elektrobuslarga o‘tkazishga ulgurdi.

1,7 million aholiga ega Qozog‘istonning yirik shahri ekologiyasini yaxshilash maqsadida hokimiyat bir qator sanoat korxonalarini shahardan tashqariga ko‘chirish niyatida, shuningdek, Katta Olmaota halqa yo‘lini qurish rejalashtirilgan. Ushbu loyihalarga 1,5 milliard dollar investitsiya kiritilgan bo‘lib, shaharda qatnaydigan avtomobillar hajmini 10 foizga yoki kuniga 40—60 taga kamaytirishga yordam beradi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring