Qozog‘istonda xorijlik san’atkorlarga yangi talablar qo‘yilmoqda
Qozog‘iston prezidenti Qosim-Jo‘mart To‘qayev xorijlik san’atkorlarning chiqishlarini nazorat qiluvchi qonunni imzoladi.
Unga ko‘ra, bundan buyon xorijlik san’atkorlar va tadbir tashkilotchilari konsert mazmunini tadbirdan kamida 30 ish kuni oldin Qozog‘istondagi tegishli davlat organlari bilan kelishib olishlari shart.
Agar konsert dasturidan o‘rin olgan chiqishlar mazmuni milliy tuzumga tahdid solsa, pornografiya yoki giyohvand moddalarni targ‘ib qilsa, tadbir taqiqlanishi yoki to‘xtatilishi mumkin.
Qozog‘iston madaniyat va axborot vaziri o‘rinbosari Yevgeniy Kochetovning ta’kidlashicha, bu chora mamlakat milliy xavfsizligi va ma’naviyatini himoya qilishga qaratilgan.


Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter