Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

«Raqamli O‘zbekiston» forumi dasturi e’lon qilindi

«Raqamli O‘zbekiston» forumi dasturi e’lon qilindi

Foto: «Ictweek.uz»

Toshkentda 26-sentyabr kuni «ICTWEEK 2018» — axborot texnologiyalari haftaligi doirasida «Raqamli O‘zbekiston» («DIGITAL UZBEKISTAN») mavzusidagi forum bo‘lib o‘tadi. Tashkilotchilar forum dasturini e’lon qilishdi.

Dasturga ko‘ra, forumni O‘zbekiston Respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri Shuhrat Sodiqov tabrik so‘zi bilan ochib beradi.

Forumda Qozog‘iston axborot va kommunikatsiyalar vaziri o‘rinbosari Dinara Sheglova «Raqamli Qozog‘iston» davlat dasturi va «Astana Hub» xalqaro texnoparki taqdimotini o‘tkazishi kutilmoqda.

Xalqaro ekspertlar, mamlakatimiz va xorij davlat organlari va tashkilotlarining rahbarlari (O‘zbekiston xalq ta’limi vazirligi, «UZINFOCOM» yagona integratori, «ERNST & YOUNG» xalqaro auditorlik kompaniyasi, Osiyo bulutli hisoblashlar markazi va boshqalar) raqamlashtirish tendensiyalari va istiqbollarini muhokama qilishadi.

Forumda tinglovchi sifatida qatnashish uchun www.ictweek.uz rasmiy saytida ro‘yxatdan o‘tish va QR-kod olish yoki tadbir o‘tadigan kun ro‘yxatga olish zonalaridan birida ro‘yxatdan o‘tish kerak.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring