Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Ravon» brendi «Mercedes-Benz», «Audi», «Suzuki», «Peugeot» kabi nomdor markalarni ortda qoldirdi

«Ravon» brendi «Mercedes-Benz», «Audi», «Suzuki», «Peugeot» kabi nomdor markalarni ortda qoldirdi

Foto: «Slub.kiev.ua»

«AIG Avtokonsalting» kompaniyasi ma’lumotiga ko‘ra, «Ravon» brendi Ukrainada eng ko‘p sotilayotgan avtomobillar TOP-10ligiga kirib, «Mercedes-Benz», «Audi», «Suzuki», «Peugeot», «Citroyon» kabi nomdor markalarni ortda qoldirdi. 

Bunday natija «Ravon R2» avtomobilining Ukraina bozoridagi ulkan yutug‘i bilan ham bog‘liq, u bugungi kunda o‘z klassida yaqqol yetakchi hisoblanadi va «Ukrainada yil avtomobili» nomiga da’vogarlik qilmoqda, deb xabar berdi «Jahon» axborot agentligi.

Ukrainada «Ravon R4» sedani savdosi ham o‘sib bormoqda. 2017-yilning sentyabrida ushbu model «B-High Low Cost» klassida reytingning 4-pog‘onasidan joy olgandi.

«Ravon Gentra» ham «o‘ziniki»lardan ortda qolgani yo‘q: o‘tgan yilning sentyabr oyida u «C-High Low Cost» klassida ikkinchi o‘rinda qayd etilgandi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring