Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Ravshan Ermatovning va’dasi

Ravshan Ermatovning va’dasi

Foto: www.the-uff.com

Xabaringiz bor, Osiyoning 5 karra eng yaxshi hakami, Jahon chempionati uchrashuvlarini boshqarish bo‘yicha rekord sohibi Ravshan Ermatov sanoqli kunlardan so‘ng Rossiyada boshlanadigan Jahon chempionatida o‘z guruhi bilan ishlash bo‘yicha ham FIFA tomonidan taklif olgan.

Ravshan Ermatov bugun Abduhamidullo Rasulov va Jahongir Saidovlar bilan birgalikda Rossiyaga yo‘l oladi va FIFA hakamlari shtabiga joylashadi.

Ana shu safar oldidan O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasida Milliiy Olimpiya qo‘mitasi prezidenti va O‘FA 1-vitse-prezidenti Umid Ahmadjonov Ravshan Ermatov va uning guruhini qabul qildi.

Shuni ham alohida ta’kidlash kerakki, Rossiyada bo‘lib o‘tadigan Jahon chempionatida Ravshan Ermatov va uning guruhidan tashqari komissar sifatida Olim Arifov hamda hakamlar nazoratchisi sifatida Farhod Abdullayevlar ishtirok etishadi. O‘zbek futboli tarixida birinchi marta jahon chempionatida bosh hakam, laynsmenlar, hakamlar nazoratchisi va uchrashuv komissari to‘liq tarkibda ishtirok etishadi.

O‘FA rasmiy saytida yozilishicha, Ravshan Ermatov va uning guruhi ko‘rsatilgan e’tibor va ishonch uchun katta minnatdorchilik bildirib, o‘zbek hakamlarining saviyasini butun dunyoga yana bir bor ko‘rsatish uchun jahon chempionatida bor mahoratlarini ishga solishga va’da berishdi.

Izohlar 1

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring