Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

«Real Madrid» akademiyasi menejerlari 22-may kuni Toshkentga keladi

«Real Madrid» akademiyasi menejerlari 22-may kuni Toshkentga keladi

Xabaringiz bor, 2018-yilning yanvar oyida O‘zbekiston milliy olimpiya qo‘mitasi prezidenti va O‘zbekiston futbol federatsiyasi 1-vitse prezidenti Umid Ahmadjonov Ispaniyaga tashrif buyurib, bir qator kelishuvga erishgan edi.

O‘FA rasmiy sayti xabariga ko‘ra, ushbu kelishuvga asosan joriy yilning 22-may kuni yurtimizga «Qirollik klubi» akademiyasining menejerlari Andres Antonio hamda Xuan Pablolar tashrif buyuradi.

Tashrif doirasida O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi rahbariyati bilan uchrashuv, matbuot anjumani hamda «Real Madrid Foundation Clinic» dasturi bo‘yicha tashkil etilayotgan futbol akademiyasi binolari barpo etiladigan joy bilan tanishuv tadbirlari bo‘lib o‘tadi.

«Clinics» dasturi bo‘yicha Toshkentda bolalar murabbiylari uchun o‘quv kurslari iyun oyidan boshlanishini ham ta’kidlab o‘tish kerak.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring